Preparatning savdo nomi: Onvita
Ta’sir etuvchi modda (XPN): Simmerafil
Dori shakli: Qobiq bilan qoplanan tabletkalar
Tarkibi:
faol modda:
Simmerafil - 5 mg
Ta’rifi: Yumaloq, oq qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Hidsiz, Achchiq ta’mli.
Farmakoterapevtik guruhi: Erektil disfunktsiyani davolash uchun vosita.
ATX kodi: G04BE
Qo'llanilishi:
Erektil disfunktsiya bo'lgan erkaklarni davolash uchun. Preparatning ishlashi uchun jinsiy stimulyatsiya zarur. Ushbu mahsulot 18 yoshdan oshgan erkaklar uchun mo'ljallangan, ayollarga mo'ljallanmagan. Qat'iyan shifokor ko'rsatmasi bo'yicha foydalaning.
Qo'llash usuli va dozalari:
Peroral qabul qilish uchun qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tavsiya etilgan boshlang'ich doza 5 mg ni tashkil qiladi, jinsiy aloqadan kamida 30 daqiqa oldin qo'llaniladi. 5 mg dozada ta'sir sezilarli bo’lmasa 20 mg / kun gacha qabul qilish mumkin. Oshqozon-ichak trakti nojo’ya reaktsiyalarini kamaytirish uchun ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Dozani klinik samaradorligiga qarab o'zgartirish mumkin.
Chiqarilish shakli:
Har bir qutida 2 ta kontur-hujayrali blister (qattiq polivinilxlorid va alyuminiy folga billan qoplangan), har bir blisterda 5 mg 3 ta qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Saqlash sharoiti:
Quruq, yorug’likdan himoyalangan 300 С dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin
Yaroqlilik muddati:
3 yil. Yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi:
Shifokorning ko'rsatmasi bilan.